Federallar Freightliner yuk tashuvchi mashinalarning tormozlari «noto’g’riijobiy» tormozlanish hodisalari haqidagi davolarini tekshirib chiqmoqda
Milliy avtomagistral harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) Freightliner Cascadias’dagi Avtomatik Favqulodda Tormozlash (AEB) tizimi bilan bog‘liq bir nechta xato da’volari bo‘yicha dastlabki tergovni boshladi.
NHTSA hujjatlariga ko‘ra, tekshiruv 2023-yil 26-mayda mijozlarning 2017-2022-yillarda ishlab chiqarilgan Freightliner Cascadia yuk mashinalarida AEB tizimi noto’g’ri ishlayapti degan shikoyatlariga javoban boshlangan. Bu tormozlanish tizimi ob’ektlarni to’g’ri aniqlamagan va to’satdan to’rmozlangan. Bu esa boshqa haydovchilar uchun xavf tug’dirishi mumkun.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, ularga mijozlardan 18 ta shikoyat kelib tushgan. Mijozlarning ta’kidlashicha AEB tizimi yo’lda hech qanday sababsiz o’z-o’zidan ishlab ketgan, bunday xodisa «noto’g’ri signal» sifatida tanilgan.
“Maʼlumotlarga koʻra, ko’rib chiqilyotgan avtomobil to’rmozlarni haydovchining ogohlantirishsiz yoki uning ishtrokisiz ishga tushirgan. Bu tizim tezlikni kamaytirib qisman to’xtashdan tortib, harakatlanish bo’lagida to’liq toxlashgacha hodisalar bo’lgan», deyiladi NHTSA hisobotida.
Ta’sir qilishi mumkin bo’lgan avtomobillar soni 250 000 dona deb baholanmoqda.
NHTSA hujjatlariga ko’ra, AEB tizimidagi da’vo qilingan nuqson natijasida ma’lum bo’lgan baxtsiz hodisalar, jarohatlar yoki o’limlar mavjud emas.
Tergovchilar taxmin qilingan nuqson yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy real xavf tug‘dirishini aniqlash ustida ishlamoqda.